Toshkentning 5 ta tumanida qisqa blekaut sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
14:17 3008 1 daqiqa
Bugun, 4 iyun kuni Toshkent shahrining 5 tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 12:41 da Toshkent issiqlik elektr stansiyasidagi transformatorda nosozlik bo‘lgan. Buning oqibatida Mirobod, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilgan.
Bildirilishicha, soat 13:01 da ushbu nosozlik bartaraf etilib, 13:22 da barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklangan.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq elektr bilan bog‘liq muammolar sababli Toshkent metropoliteni faoliyatida uzilish kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi