Toshkentda haydovchilar yo‘l talashib, janjallashdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida ikki nafar fuqarolar yo‘lning qatnov qismida o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 6 yanvar kuni taxminan soat 19:00 da 1986 yilda tug‘ilgan A.A. o‘zining boshqaruvchidagi Nexia-3 rusumli avtomashinada Shayxontohur tumani Islom Karimov ko‘chasida harakatlanayotgan vaqtida BYD rusumli avtomashina haydovchisi bilan o‘zaro yo‘l talashgan. Oqibatda BYD rusumli avtomashina haydovchisi 1982 yilda tug‘ilgan S.A. yo‘lning qatnov qismida to‘xtab, A.A. bilan jamoat joyida – yo‘lning qatnov qismida o‘zaro urushib, jamoat tartibini buzgan. Janjal ortidan tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-modda (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hududida Toyota  va Damas haydovchilari yo‘l talashib janjallashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent haydovchi BYD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing