Toshkentda 3 mln dollar kredit olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 3 mln AQSH dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari, muqaddam sudlangan 1979 yilda tug‘ilgan ayol Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali aksiyadorlik tijorat banklardan biridan 3 mln AQSH dollari miqdorida maqsadsiz kredit olib berishni va’da qilgan va evaziga kreditning 33 foizini, ya’ni 990 ming AQSH dollari talab qilgan. 

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 150 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Tezkor tadbir davomida fuqaroga go‘yoki o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga kredit mablag‘ini ajratib berishni va’da qilgan mazkur noqonuniy kelishuvning bosh tashkilotchisi – Urganch shahrida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan shaxs ham protsessual tartibda ushlangan. 

Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida tanishlari orqali 100 ming dollar miqdorida kredit ajratib berishni va’da qilgan fuqaro qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent kredit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing