Toshkentdagi “zapravka”larning ish grafigi belgilandi  

Jamiyat

image

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi ayrim avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati tongi soat 06:00 dan kechki soat 23:00 ga qadar etib belgilandi.  Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Energetika vazirligining xabariga asosan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-jadvallarga asosan respublika bo‘ylab “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.

Toshkent shahrida ham shahar hokimligi bilan kelishilgan holda, poytaxtda faoliyat ko‘rsatuvchi 78 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati tongi soat 06:00 dan kechki soat 23:00 ga qadar etib belgilandi.

“Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz. Holat haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilayotgani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing