Toshkentda oshxonaga “homiylik qilish” evaziga pul talab qilgan soliqchi ushlandi
3-sahifa
−
14:19 2540 1 daqiqa
Toshkent shahrida tadbirkordan uning ovqatlanish joyini “homiyligi”ga olish uchun oyma-oy to‘lov talab qilgan soliqchi qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, fuqaro arizasi asosida Yashnobod tumani Aviasozlar va Beshariq ko‘chalari kesishmasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori Kozim ismli shaxs qo‘lga olingan.
U tadbirkordan Yashnobod tumani “Tuzel-3” mavzesida joylashgan milliy taomlar oshxonasiga soliq idoralari tomonidan tekshiruv kelmasligiga, kelgusida oshxona faoliyatiga rahnamolik qilib, soliq idoralari bilan bog‘liq muammolarni hal qilib berishni va’da bergan va bu “xizmati” evaziga muntazam ravishda har oy uchun 50 dollardan pul so‘ragan.
Soliq inspektori, jami to‘rt oy uchun 200 dollar miqdoridagi pulni tamagirlik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda tadbirkordan pul undirmoqchi bo‘lgan ikki soliq inspektori ushlangandi.
Live
Barchasi