Toshkentda “Afrosiyob” lokomotivida yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
28 may 7672 1 daqiqa
Bugun, 28 may kuni Toshkent shahrida “Afrosiyob” elektropoyezdini tortib yurish uchun yordamchi operatsiyalarni bajaradigan manyovr teplovozida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in faqat poyezd tarkibini tortib yurish uchun yordamchi operatsiyalarni bajaradigan manyovr teplovozida yuz bergan. “Afrosiyob” poyezdi tarkibi yong‘indan zarar ko‘rmagan va ertaga rejalashtirilgan reysini odatdagidek bajaradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, yong‘in vaqtida vagon ichida yo‘lovchilar bo‘lgan, ammo “O‘zbekiston temiryo‘llari” bu haqdagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan.
“Hodisa muntazam qatnovdan tashqari paytda sodir bo‘lgan va poyezdda yo‘lovchilar bo‘lmagan”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, mutaxassislar voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, yong‘inni muvaffaqiyatli bartaraf etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Olot tumanida propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in chiqqandi.
Live
Barchasi