Toshkentda avtobus va Haval bosib ketgan piyoda vafot etdi
3-sahifa
−
10 dekabr 5178 1 daqiqa
Kecha, 9 dekabr kuni Toshkent shahrida avtobus va Haval piyodani bosib ketdi. Bu haqda shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 22:30 larda Mirobod tumani Islom Karimov ko‘chasida Yutong rusumli elektrobusni boshqarib ketayotgan haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Shu vaziyatda avtobus zarbidan piyoda qarama-qarshi yo‘nalishga yiqilgan, oqibatda Haval rusumli avtomashinasi ham ushbu piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari davom etmoqda.
“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki o‘zbek vafot etgandi.
Live
Barchasi