Toshkentda issiq suv ta’minotining yangi tariflari e’lon qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrida aholi uchun issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari 15 foizga oshirilishi haqida xabar berilgandi. Veolia Energy Tashkent xizmat uchun yangi tariflarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, yangi tariflar joriy yilning 12 noyabridan kuchga kiradi va quyidagicha bo‘ladi:

  • Markaziy isitish – 1 metr kvadrat isitish maydoni/kun uchun 241,44 so‘m;
  • Issiq suv (hisoblagichsiz) – 1 odam/oy uchun 52 303,39 so‘m;
  • Issiq suv (umumiy dush bilan jihozlangan yotoqxonalarda) – 1 odam/oy uchun 38 908,16 so‘m;
  • Issiq suv (hisoblagich bo‘lganda) – 1 metr kub uchun 8 928,67 so‘m.

Qayd etish joiz, aholiga issiqlik ta’minoti xizmatlari bo‘yicha pasaytirilgan tariflar qo‘llanilishi oqibatida yuzaga keladigan zararlar va investitsion xarajatlarga asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq Toshkent shahar mahalliy byudjeti hisobidan har oyda subsidiyalar ajratish orqali qoplab berilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

issiq suv issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing