Toshkentda kasb-hunar texnikumi o‘quvchisi ayovsiz kaltaklandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi kasb-hunar texnikumilaridan birida nogironligi bo‘lgan bola ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Ularga ilova qilingan suratlarda bolaning ko‘zlari va yuzi, shuningdek, tanasining turli qismlari ko‘karib ketgani aks etgan. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.

Uning bildirishicha, Bolalar ombudsmaniga 1985 yilda tug‘ilgan ayol X.G.ning murojaati tushgan. Unga ko‘ra, joriy yilning sentyabr oyi davomida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan kasb-hunar texnikumida tahsil olayotgan 2-guruh nogironligi bo‘lgan voyaga yetmagan farzandi R.F.ga nisbatan mazkur muassasada turli jismoniy zuravonlik sodir qilingan. 

Hozirda Bolalar ombudsmani bolaning onasi bilan bog‘langan. Holat yuzasidan IIB organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmokda. Bolaga yetkazilgan jarohatlar bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Shuningdek, mazkur voqeani har tomonlama va xolisona o‘rganish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan zudlik bilan maxsus ishchi guruh tuzilgan. Ishchi guruh voqea joyiga chiqib, voqeaning kelib chiqish sabablari va tafsilotlarini batafsil o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 1980 yilda tug‘ilgan ayol 2022 yilda tug‘ilgan nevarasi va shu yerda o‘ynayotgan 2017 yilda tug‘ilgan boshqa bir bolaning o‘zaro janjaliga aralashib, 8 yoshli bolaning yuz qismiga qo‘li bilan bir necha marotaba urib, kaltaklagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirzo Ulug'bek tumani kasb-hunar texnikumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing