Toshkentda katta sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchining velosipedini tepib yiqitdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Bektemir tumanida 9-sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchisiga tan jarohati yetkazgani haqida haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
 
Qayd etilishicha, joriy yilning 4 oktyabr kunitaxminan soat 16:20 larda Bektemir tumanidagi 290-sonli maktabda 2010 yilda tug‘ilgan S.A. 2016 yilda tug‘ilgan F.A. bilan o‘zaro og‘zaki gap talashib qolgan. Oqibatda S.A. voyaga yetmagan F.A. ni velosipedda uchib ketayotgan vaqtida oyog‘i bilan tepib, F.A. yuz qismi bilan yiqilib tushishiga sababchi bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan F.A. da “yuqori lab o‘ng tomonlama shilliq qavati ezilib, yirtilgan yarasi, yuqori jag‘ o‘ng tomonlama ikkinchi tishi to‘liq chiqishi, yuqori jag‘ o‘ng tomonlama 1-tishi noto‘liq chiqishi, bosh peshona chap yonoq chap lunj, chap yelka kamari, ikkala kaft sohalari, yumshoq to‘qimalari lat yeyishlari va shilinmalari” jarohatlari borligi aniqlangan. Ushbu jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra, sog‘liqni qisqa muddatga buzilishi olib kelgan yengil tan jarohatlari deb baholangan. 

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv jarayoni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan shaxsan nazoratga olingan.

Bildirilishicha, hozirda voyaga yetmagan S.A.ning onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, maktab ma’muriyati va ota-onalar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli choralar belgilab olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumani 300-maktabda 4-sinf qiz 5 nafar o‘g‘il bola sinfdoshlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bektemir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing