Toshkentda kuchli chaqmoq sabab samolyotlar aeroportga qo‘nolmadi
Jamiyat
−
12:02 2015 1 daqiqa
Toshkent aeroportidagi noqulay ob-havo, ya’ni kuchli chaqmoq chaqishi sababli 3 ta reys boshqa aerodromlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Jumladan, Male-Toshkent yo‘nalishidagi HY3526 reysi ekipaji kuchli chaqmoq sabab Samarqandga qo‘ndirilgan.
Ostona-Toshkent yo‘nalishidagi HY722 reysi ekipaji ham Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalish olishga majbur bo‘lgan.
Shuningdek, Xitoy aviakompaniyasiga tegishli Pekin-Toshkent yo‘nalishidagi CSN6027 samolyoti Bishkekdagi muqobil aerodromga yo‘nalishini o‘zgartirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona vodiysidagi noqulay ob-havo sharoiti (kuchli qor yog‘ishi) tufayli bir necha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirilgani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi