Toshkentda BYD Spark bilan to‘qnashib, 14 yoshli qizni urib ketdi
3-sahifa
−
11 aprel 4584 1 daqiqa
Kecha, 10 aprel kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida BYD va Spark o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi va YTHdan so‘ng BYD haydovchisi 14 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:50 larda Sergeli tumani TXAY–Qumariq ko‘chalari kesishgan chorrahasida 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Spark rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, 1973 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan BYD rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida BYD haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, piyodalar o‘tish yo‘lagidan harakatlanib o‘tayotgan 2012 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida shikastlangan piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 8 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. YTH oqibatida Cobalt avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Live
Barchasi