Toshkentda Gentra Nexia bilan to‘qnashib, majaqlanib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 21 fevral kuni Toshkent shahrida 3 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 21:35 larda Yakkasaroy tumani Nukus-Glinka chorrahasida 1988 yilda tug‘ilgan T.B. boshqaruvidagi Cobalt, 1989 yilda tug‘ilgan Y.U. boshqaruvidagi Nexia-3 va 2007 yilda tug‘ilgan A.O. boshqaruvidagi Gentra avtomashinalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Gentra transport vositasi haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTHning kelib chiqishi sababi: Gentra rusumli transport vositasi haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 rusumli transport vositasi bilan YTH sodir etib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi tomonda turgan Cobalt rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.  

Bildirilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 2 ta Damas to‘qnashuvi oqibatida 1 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing