Toshkentda 18 va 19 yoshli og‘ufurush kurerlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
13:48 935 2 daqiqa
Toshkent shahrining Mirobod tumanida yonida 33 dona o‘ramda "gashish" olib yurgan 18 va 19 yoshli shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Unda qayd etilishicha, IIV hamda Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tomonidan jamoat tartibini saqlash maqsadida kuchaytirilgan tungi xizmat davomida Toshkent shahrining Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida shubhali xatti-harakatlari bilan e’tiborni tortgan ikki nafar fuqaro to‘xtatilib, ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Fuqarolarning yon cho‘ntaklari ko‘zdan kechirilganda, 2008 yilda, Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaroning yonidan 15 dona o‘ramga joylangan o‘tkir hidli modda aniqlangan.
Shuningdek, uning sherigi 2007 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaroning yonidan esa 18 dona o‘ramga o‘ralgan o‘tkir hidli moddalar topilgan. Fuqarolardan ushbu moddalarning nima ekani so‘ralganda, ular mazkur moddalar “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligini ma’lum qilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda giyohvand moddalari savdosi bilan shug‘ullanib, huquq-tartibot organlaridan yashirinish uchun chet elda qochib yurgan qidiruvdagi 37 yoshli shaxs AQSHda qo‘lga olingani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi