Tarkibida psixotrop moddasi bor qahva sotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida tarkibida “sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dorilarni sotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolardan biri o‘z ixtiyori bilan bojxona organlariga murojaat qilib, 2 turdagi salkam 13,5 ming dona ozdiruvchi biologik faol qo‘shimchalarni bergan. Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasida o‘tkazilgan ekspertiza natijalariga ko‘ra, mazkur biologik faol qo‘shimchalar tarkibida “sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur tovarlarning kelib chiqish manbalarini aniqlash maqsadida Uchtepa tumanida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilgan hamda ushbu biologik faol qo‘shimchalarni sotgan shaxs ham aniqlangan.

Ushbu shaxsga tegishli do‘konlar ham belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati yarim mlrd so‘mlik 12 turdagi jami 29 ming donaga yaqin turli biologik faol qo‘shimchalar va sport ozuqalari saqlanayotgani fosh bo‘lgan.

Ular orasidagi yana bitta turdagi 96 ta o‘ram va 2880 donadan iborat qahva tarkibida ham “sibutramin” moddasi borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda shirinlik orasiga yashirilgan qoradorini xorijdan olib o‘tmoqchi bo‘lgan 19 yoshli qiz ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent psixotrop sibutramin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing