Toshkentda tez yordam mashinasi “Gelik” bilan to‘qnashib ketdi (video)
3-sahifa
−
30 Oktabr 12769 1 daqiqa
Bugun, 30 oktyabr kuni Toshkent shahrida tez yordam mashinasi “Gelik” bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 12:45 larda Yashnobod tumani KXAY ko‘chasi, (eski ToshMI qarshisida) 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Mercedes Benz rusumli transport vositasi 1971 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi tez tibbiy yordam transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan va oqibatda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida ikki nafar fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida Lacetti tez tibbiy yordam avtomobili bilan to‘qnashib ketgandi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Live
Barchasi