Toshkentda uchta mashina to‘qnashib ketdi. Jabrlanganlar bor (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Olmazor tumanida uchta mashina to‘qnashib ketishi oqibatida haydovchilar va bir yo‘lovchi jabrlandi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 20 oktyabr kuni soat 19:50 da Ahmad Donish ko‘chasida Cobalt, Nexia-3, Lacetti rusumli avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH ortidan avtomashina haydovchilariga hamda Lacetti yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida “avariya”ga uchragan Lacetti yonib kul bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Cobalt avariya Olmazor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing