Toshkentda o‘gay ona 13 yoshli qizni qiynoqqa soldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solingani haqida videomurojaat tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 1985 yilda tug‘ilgan N.Sh. Yunusobod tumanida joylashgan yashash xonadonida o‘gay farzandi – 2013 yilda tug‘ilgan N.G. ni bir necha marotaba urib, jismoniy tazyiq o‘tkazgan. Mazkur holat yuzasidan jabrlanuvchi muqaddam IIOga murojaat qilmagan.

Hozirda voyaga yetmagan jabrlanuvchi Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, davlat organlari tomonidan himoyaga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan gumonlanuvchi N.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari to‘liq va har taraflama olib borilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. Jinoyat ishi IIV tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent o'gay ona Qiynash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing