Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
16 aprel 4151 1 daqiqa
Toshkent shahrida 6 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) tanishlari yordamida fuqaro D.A. va uning ikki nafar tanishini Qashqadaryo viloyatidagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 6 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida fuqaroga Urganch davlat universitetining soxta diplomini olib bergan shaxs qo‘lga tushgandi. Shuningdek, u 2 kishini aldab, Qozog‘iston universitetidagi o‘qishini Qirg‘iz Respublikasidagi xalqaro universitetga ko‘chirib, ushbu ta’lim muassasasini tugatgani haqida soxta diplom tayyorlab berib, evaziga ularning jami 4 800 dollarini olgani aniqlangan.
Live
Barchasi