Toshkentda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchiga ochilgan jinoyat ishi tugatildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabda 9-sinf o‘quvchilari hamda informatika fani o‘qituvchisi janjallashib ketgandi va holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi. Bugun, 25 may kuni o‘qituvchiga nisbatan ochilgan mazkur jinoyat ishi tugatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 19 may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 275-sonli maktabda voyaga yetmagan 2010 yilda tug‘ilgan R.R. hamda shu maktab o‘qituvchisi 2002 yilda tug‘ilgan Z.O. tortishib qolib, o‘zaro janjallashib ketgan. Aniqlanishicha, o‘quvchi dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan berilgan ko‘rsatmani bajarmasdan, dars mashg‘ulotlarini o‘tkazilishiga xalaqit bergan. Janjal vaqtida o‘qituvchi o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi tibbiy yordam uchun shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgangandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yigit rashk tufayli o‘zi bilan unashtirilgan, 11 sinfda tahsil oladigan sevgilisini pichoqlab o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent o'qituvchi o'quvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing