Hayit namozi vaqtida Toshkentdagi ko‘plab ko‘chalar yopiladi (video)
Jamiyat
−
13:36 577 2 daqiqa
Ertaga, 27 may kuni Toshkentdagi 119 ta masjidda hayit namozlari ado etilishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hayit namozlarini yuqori saviyada va tartibli tashkil etish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 26 may soat 24:00 dan 27 may soat 08:00 ga qadar Toshkent shahrining qator ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.
Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Olmazor, Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa, Yunusobod, Yakkasaroy, Sergeli, Yashnobod va Mirobod tumanlaridagi yirik masjidlar atrofidagi asosiy ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Cheklovlar “To‘rabuva”, “Xo‘tan”, “Alibek”, “Islomobod”, “Hazrati Imom”, “Do‘stjonboy”, “Shayx Zayniddin”, “Xo‘ja Alambardor”, “Ko‘k ota”, “Ubay ibn Ka’b”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Novza”, “Abdulloh ibn Mas’ud”, “Hazrati Ali”, “Minor”, “Mirzo Yusuf”, “Usmon bin Ma’zun”, “Nurul Islom”, “Islom ota” hamda “Qo‘yliq ota” masjidlari yaqinidagi ko‘chalarda amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 27 may kuni Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan harakatni boshlanishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi