Toshkentda o‘tayotgan Osiyo chempionatidan O‘zbekiston jamoasi chetlatildi

Sport

image

Ayni kunlarda Toshkent shahrida gandbol bo‘yicha U-20 qizlar jamoalari o‘rtasida XVIII Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston qizlar jamoasidagi ba’zi a’zolarning yoshi bilan bog‘liq mojarolar tufayli ular chempionatdan chetlatildi. Bu haqda O‘zbekiston gandbol federatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, jamoa a’zolari Anastasiya Xudoyorova (19 yosh), Sevinch Erkaboyeva (20 yosh) va Sabina Mullayevaning (20 yosh) hujjatida noaniqlik aniqlangan. Bu gandbolchilar 2024 yili Makedoniya davlatida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Toshkentda uyushtirilayotgan 18-Osiyo chempionati nizomining 1.2.ye. bandida o‘yinchilarning  yosh toifasi 20 yosh qilib belgilangan. Osiyo gandbol federatsiyasining e’tirozi shundaki, ularning 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini inobatga olib, jamoani final bosqichidan chetlashtirgan va guruhdagi barcha natijalari bekor qilingan.

O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bu borada Xalqaro gandbol federatsiyaga appellyatsiya xati jo‘natgan. Qayd etish joiz, turnir davomida O‘zbekiston qizlari Xitoy Taypeyi jamoasini 29:27 hisobida, qit’aning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblangan Xitoy termasi bilan esa tengma-teng o‘ynab, 25:29 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati joriy yilning 20-29 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati gandbol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing