Toshkentda yana bir yo‘l 20 kunga yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 11 sentyabr kunidan boshlab Uchtepa tumanidagi Lutfiy ko‘chasining ma’lum qismi 20 kunga yopildi. Bu haqda Uchtepa tumani hokimligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 11 sentyabrdan 1 oktyabrgacha Uchtepa tumanidagi Lutfiy ko‘chasida (Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha) harakat bir tomonlama vaqtincha to‘xtatiladi.

“Bu qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 640 metr uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari yangilanishi bilan bog‘liq. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!” deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10-30 sentyabr kunlari Toshkent shahar Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasi issiqlik tarmoqlarining ayrim qismi almashtirilishi sababli yopiq bo‘lishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uchtepa Lutfiy ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing