Toshkentda yigitlarga prank qilgan bloger qiz jazolanishi mumkin (video)
Olam
−
23 Oktabr 18372 1 daqiqa
Toshkent metrosida yigitlarga prank qilgan qozog‘istonlik mashhur bloger ishi sudga oshirildi. Bu haqda Olmaota shahri politsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bloger ijtimoiy tarmoqlarda jamoat joyidagi odobsiz xatti-harakatlari aks etgan videolarni tarqatgan.
“Fuqaro A. O‘zbekiston metrosida bo‘lgan vaqtida ataylab yo‘lovchilarga tegajog‘lik qilgan, bu jarayonni videoga olib, shaxsiy sahifalarida joylashtirgan. Mazkur holat bo‘yicha mayda bezorilik moddasi asosida ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Materiallar sudga yuborildi”, deyiladi politsiya bayonotida.
Huquq-tartibot idorasining ma’lum qilishicha, A. avval ham shunga o‘xshash xatti-harakatlar sodir etgan, shundan so‘ng u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan, biroq u bu holatdan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
“Bunday harakatlar jamoat axloqiga hurmatsizlik ifodasi bo‘lib, belgilangan odob me’yorlarini buzadi. Politsiya jamoat joylarida axloqsiz, provokatsion yoki sha’nni kamsituvchi xatti-harakatlarning har qanday shakli qonun bilan javobgarlikka sabab bo‘ladi”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahrida bloger o‘zini tiriklayin ko‘mib, qabr ichida jonli efir olib borgan edi. Video tarmoqlarda tarqalgandan keyin ko‘pchilik blogerning harakatlarini qoralagan. Olmaota shahar politsiyasi voqeaga munosabat bildirib, mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishi va qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilishini bildirgan.
Live
Barchasi