Toshkentdagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
18 noyabr 8636 1 daqiqa
Kecha, 17 noyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Oltintepa” qabristoni hududidagi ish faoliyati amalga oshirilmaydigan bo‘sh binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:39 da Mirzo Ulug‘bek tumani Mirishkor ko‘chasida joylashgan “Oltintepa” qabristoni hududida bo‘sh bino yona boshlagani haqida xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari chaqiriq bo‘yicha soat 17:46 da hodisa joyiga yetib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 18:27 da qurshab olingan va soat 18:44 da to‘liq o‘chirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘in “Oltintepa” qabristoni hududida joylashgan, ish faoliyati amalga oshirilmaydigan bo‘sh binoga zarar yetkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi kafeda yong‘in chiqqandi.
Live
Barchasi