Toshkentdagi oshxonalardan biri yonib ketdi
3-sahifa
−
04 noyabr 4587 1 daqiqa
Bugun, 4 noyabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan oshxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 01:26 da tumanning Qatortol ko‘chasida joylashgan tez ovqat tayyorlash shoxobchasi binosida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:34 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 01:45 da qurshab olingan va soat 01:48 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi