Tojikiston chegarasidan 62 kilodan ortiq narkotik olib o‘tayotganlar ushlandi (video)

Olam

image

Tojikiston va O‘zbekiston chegarasidan 62 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddalarini olib o‘tayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda qilingan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolingan.

Xususan, “o‘zbek-tojik” davlat chegarasining Xovos tumani Sharqobod mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida tojikistonlik narkokurerlar tomonidan chegara sim to‘siqlari ustidan uloqtirilgan 6 dona sumkalarni qabul qilib olgan vaqtlarida 1983 va 1990 yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro chegara naryadi tomonidan ushlangan.

Ushbu sumkalar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularning ichida 8 kg 314 gr “geroin” va 54 kg 458 gr “opiy” moddalari borligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida o‘qituvchi 180 ming dollarga narkotik sotayotganida qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston geroin opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing