Tojikiston O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
18 noyabr 2407 1 daqiqa
2021 yil 4 maydan buyon Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan Abdujabbor Rahmonzoda lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Abdujabbor Rahmonzodaning o‘rniga Nasriddin Ismatullo tayinlangan, bungacha u Tojikiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, diplomat va siyosatchisi Ismatullo Nasriddin 1971 yil 21 fevralda tug‘ilgan. U Tojikiston Tashqi ishlar vazirligida birinchi o‘rinbosar lavozimida ishlagan. Ilgari u Tojikistonning Avstriya, AQSH va boshqa davlatlardagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.
U 1993 yilda Tojikiston Agrar universitetini, 1996 yilda esa Rossiyadagi TIV Diplomatiya akademiyasini bitirgan. U Tashqi ishlar vazirligida xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquq bo‘yicha ishlagan, shuningdek YeHXT va boshqa xalqaro hamkorlik loyihalarida faol ishtirok etgan.
Ismatulloning faoliyati asosan tashqi siyosat, xavfsizlik va xalqaro hamkorlik sohalariga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Turkiyaga yangi elchi tayinlagandi.
Live
Barchasi