Tramp Eronning barcha neft quduqlarini yo‘q qilish bilan tahdid qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning barcha neft quduqlari va Xarg orolini yo‘q qilish bilan tahdid qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari Erondagi harbiy amaliyotlarimizni to‘xtatish bo‘yicha yangi va oqilona rejim bilan jiddiy muzokaralar olib bormoqda. Sezilarli natijalarga erishildi”, deb yozdi Amerika yetakchisi.

Donald Tramp tez orada mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuv qabul qilinishini taxmin qilgan.

“Agar biror sababga ko‘ra yaqin orada kelishuvga erishilmasa va Hormuz bo‘g‘ozi zudlik bilan “biznes uchun ochilmasa”, biz Erondagi “tashrifimizni” ularning barcha elektr stansiyalari, neft quduqlari va Xarg orolini (ehtimol, barcha chuchutish qurilmalarini ham) portlatib, butunlay yo‘q qilish bilan yakunlaymiz. Biz hozirgacha ularga ataylab “tegmagandik”, deya tahdid qildi Oq uy rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSHning 15 banddan iborat tinchlik rejasini e’lon qilgan edi. Hujjat Eronning yadroviy dastur va yadroviy quroldan voz kechishini, shuningdek, Eron armiyasini cheklash va sanksiyalarni bekor qilishni o‘z ichiga olgan.

Bunga javoban Eron o‘z o‘rnida beshta talabni ilgari surdi. Ular Isroil va AQSH tomonidan “tajovuz va qotilliklar”ni to‘liq to‘xtatishni, Eronning Hormuz bo‘g‘oziga bo‘lgan suveren huquqini tan olishni, shuningdek, kafolatlar va tovon puli to‘lanishini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida Eron neftini o‘z nazoratiga olish istagi haqida gapirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Xarg oroli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing