Tramp NATO davlatlarining “qora ro‘yxati”ni tuzdi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan NATO davlatlari ro‘yxatini tuzdi va ularga ta’sir o‘tkazish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda ushbu rejadan xabardor bo‘lgan uch nafar yevropalik diplomat va AQSH Mudofaa vazirligi vakillariga tayanib, “Politico” xabar berdi.

Nashrga yozishicha, Oq uy Eron urushini qo‘llab-quvvatlamagan alyans a’zolari ro‘yxatini NATO rahbari Mark Ryuttening shu oyda Vashingtonga kutilayotgan tashrifi arafasida tayyorlagan. Xabar qilinishicha, Oq uy alyansga a’zo mamlakatlarning tashkilot faoliyatiga qo‘shayotgan hissasi bo‘yicha tahliliy hisobot taqdim etmoqchi.

“Bu Prezident Donald Trampning uning ko‘rsatmalariga amal qilmagan ittifoqchilarga nisbatan o‘z tahdidlarini amalga oshirish niyatida ekanining navbatdagi belgisidir.

Bu shundoq ham zaiflashgan va Trampning Grenlandiyani qo‘shib olish intilishidan tortib, kelishuvdan to‘liq chiqish haqidagi ogohlantirishlarigacha bo‘lgan hujumlariga duch kelgan alyans uchun qo‘shimcha bosim omili bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp NATO bo‘yicha ittifoqchilari va hamkor davlatlarni Hormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlashga yordam berishga chaqirgani haqida xabar berilgan edi. Tramp bo‘g‘ozni himoya qilish bo‘yicha xalqaro koalitsiya tuzish ustida ishlamoqda va Eronning o‘ta muhim hisoblangan Xarg orolini egallab olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Janubiy Koreya o‘z harbiy kemalarini Hormuz bo‘g‘ozi hududiga yuborishga tayyor emas. Shu sababli koalitsiya yig‘ish va bo‘g‘ozni blokdan chiqarish rejasini tayyorlashga shoshilinch ravishda kirishishga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Trampning chaqiriqlariga rad javobini bergani ma’lum bo‘ldi. YeI fikricha, Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi “jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazadi va Rossiyaga urushni moliyalashtirishga yordam beradi”. Keyinchalik Tramp NATOning jangovar harakatlarda qatnashishdan bosh tortganiga g‘azab bilan munosabat bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Donal'd Tramp qora ro'yxat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing