Tramp Olimpiya xokkeyi jamoasi bilan uchrashdi (video)

Sport

image

AQSH Prezidenti Donald Trump Oq uyda 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari chempioni AQSH Olimpiya xokkey jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Oq uy ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida xabar berdi.

Uchrashuvda Tramp jamoaning hozirgi asosiy darvozaboni Konnor Xellebaykga davlatning eng yuqori mukofotlaridan biri – Ozodlik medali (“Presidential Medal of Freedom”) topshirilishini e’lon qilgan.

Uchrashuvda terma jamoa ro‘yxatidagi 25 nafar xokkeychidan 20 nafari ishtirok etgan. 

E’tiborli jihati, yo‘q bo‘lganlarning to‘rt nafari – Nelson, Lakomb, Gensel va Ettindjer  yaqinda Minnesota shtatida Tramp ma’muriyatining immigratsiya siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan joyda tug‘ilgan yoki bolaligining katta qismini shu yerda o‘tkazgan. 

Shu bilan birga, ularning uchrashuvni o‘tkazib yuborish qaroriga jamoalari tomonidan Olimpiya tanaffusidan keyin birinchi NHL o‘yinlarini o‘tkazayotgani ham ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Bu AQSH xokkeychilari uchun 1980 yildan beri qo‘lga kiritilgan birinchi Olimpiya oltin medalidir. O‘shanda Qo‘shma Shtatlar Sovet Ittifoqi ustidan qozonilgan g‘alaba tufayli turnirda g‘olib bo‘lgan. Bu voqea sport olamida “Muz ustidagi mo‘’jiza” nomi bilan mashhur bo‘lgan va Gollivudda bu haqda hujjatli film ham suratga olingan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 22 fevral kuni Milanda o‘tkazilgan Olimpiya xokkey turnirining finalida AQSH terma jamoasi Kanada terma jamoasini qo‘shimcha vaqtda 2:1 hisobida mag‘lub etib, Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyadagi Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan AQSH ayollar xokkey jamoasi Prezident bilan uchrashish taklifini rad etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Olimpiya xokkeyi jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing