Eron AQSHga bemalol yetib boradigan raketa ustida ishlamoqda – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Kongressdagi murojaatida Eron AQSH hududiga yetib bora oladigan uzoq masofali raketalar ustida ishlayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Tehron allaqachon Yevropa va xorijdagi harbiy bazalarga tahdid sola oladigan raketalarga ega va yangi bosqichga o‘tishga urinayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi bu iddaolarni “aqlga sig‘mas yolg‘on” deb atagan. Rasmiy Tehron yadroviy dastur faqat tinch maqsadlarga qaratilganini, mamlakat yadroviy qurol yaratishni ko‘zlamayotganini yana bir bor ta’kidlagan.AQSH razvedka baholariga ko‘ra, Eronda hozircha qit’alararo ballistik raketa mavjud emas. Biroq ayrim hisobotlarda agar Tehron shunday yo‘nalishni tanlasa, 2035 yilgacha muayyan salohiyatga ega bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

Tramp nutqi Jenevada o‘tishi rejalashtirilgan navbatdagi yadroviy muzokaralar arafasida yangragan. Vashington nol darajada boyitilgan uran talabini qo‘ymoqda va Eronning raketa dasturi hamda mintaqaviy faoliyatini cheklashni istamoqda. Tehron esa bosim ostida muzokaraga tayyorligini bildirgan, ammo harbiy harakat bo‘lsa, javob qaytarishi haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron parlamentining Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi raisi Ibrohim Aziziy Tehron har qanday tashqi bosim va tahdidlarga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing