Tariflar, saylov va Eron: Tramp Yevropaga qanday ishora berdi?
Olam
−
25 fevral 2368 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddatdagi ilk “State of the Union” murojaatini rekord darajada uzaytirib, qariyb ikki soatga yaqin nutq so‘zladi. Yetakchi, asosan ichki siyosat, iqtisodiyot va saylovoldi muhitiga e’tibor qaratgan. Shu bilan birga, tariflar, Eron va global xavfsizlikka oid bayonotlar Yevropa uchun ham muayyan signallar berdi. Bu haqda “Euronews” yozdi.
Avvalo, noyabrdagi oraliq saylovlar Tramp uchun hal qiluvchi bosqich ekani sezilgan. Tramp reytinglar pasaygan bir paytda u iqtisodiyot “har doimgidan jadal” ekanini ta’kidlagan. Biroq jamoatchilik fikri bunchalik optimistik emas. Agar Kongressda kuchlar nisbati o‘zgarsa, bu AQSH tashqi siyosatining ikkinchi yarmiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yevropa uchun bu – Vashingtonda barqarorlik kafolat emas, degani.
Ikkinchidan, Oliy sud uning global tarif siyosatini bekor qilganiga qaramay, Tramp chekinmasligini ochiq aytgan. U tariflarni 15 foizgacha oshirishini va yangi kelishuvlar yanada qattiqroq bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Bu Yevropa Ittifoqi uchun savdo munosabatlari yana noaniq bosqichga kirishi ehtimolini anglatadi.
Uchinchi jihat – tashqi siyosat fon emas, balki yashirin bosim vositasi sifatida namoyon bo‘lgan. Tramp G‘azo va Ukraina bo‘yicha harakatlarini maqtab o‘tgan, biroq Yevropaga alohida urg‘u bermagan. Eronga nisbatan keskin ritorika esa saqlanib qolgan: u Tehron Yevropaga tahdid solishi mumkin bo‘lgan raketalar ishlab chiqayotganini iddao qilgan. Bu Yevropa xavfsizlik muhiti yanada keskinlashishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Qisqacha aytganda, Tramp nutqi Yevropaga uchta ogohlantirishni bergan: AQSH ichki siyosiy bellashuv davriga kirgan, savdo siyosati yana qattiqlashishi mumkin va Yaqin Sharqda harbiy ssenariy ehtimoli hali ham kun tartibidan tushgani yo‘q.
Live
Barchasi