Tramp rejasi: Kiyev hududlarni berishdan bosh tortdi

Olam

image

Kiyev AQSH Prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasini muhokama qilishga tayyor, ammo Ukraina hududiy suvereniteti savdo predmetiga aylanmaydi. Bu haqda 20 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik Kengashi brifingida Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Kristina Gayovishin ma’lum qildi.

Gayovishinning ta’kidlashicha, Kiyev AQSH tomonidan Tramp ma’muriyati ishlab chiqqan tinchlik rejasi loyihasini rasman olgan. 

“Biz urushni adolatli tugatishni ta’minlash yo‘lida ushbu reja ustidan ishlashga tayyormiz”, dedi u.

Tramp rejasiga javobda Kiyevning “qizil chiziqlari”

Diplomatning aytishicha, Kiyev konstruktiv muzokaralarga, liderlar darajasidagi muloqotga ham tayyor, ammo bir qator “qizil chiziqlar” bor:

  • Ukraina vaqtinchalik okkupatsiya qilingan hududlarni Rossiyaniki sifatida tan olmaydi.

“Bizning yerimiz sotilmaydi”, dedi Gayovishin.

  • Kiyev o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini cheklamaydi, shu jumladan, Qurolli Kuchlar soni va qudrati bo‘yicha hech qanday cheklovlarga rozi bo‘lmaydi.
  • Ukraina qaysi ittifoqlarga qo‘shilish masalasida ham cheklovlarga yo‘l qo‘ymaydi.
  • Ukraina “terror va genotsid” deb baholanayotgan Rossiya tajovuziga qarshi kurashni davom ettiradi. Bu tajovuz ukrain tili va milliy o‘ziga xosligiga zarba bermoqda, deya qo‘shimcha qildi u.
  • Kiyev hali ham “Ukraina haqida – Ukrainaning o‘zi ishtirokisiz, Yevropa haqida – Yevropasiz hech narsa hal qilinmaydi” prinsipida qat’iy turibdi.

“Rosiya iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan ortga chekinishga majbur qilinishi lozim”, dedi Ukraina vakili.

“Axios”: Uitkoff Umarov bilan rejani muhokama qilgan

Amerika portali “Axios”ning yozishicha, AQSH prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Trampning 28 banddan iborat rejasini ishlab chiqqan guruh rahbari – 15–16 noyabr kunlari Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustam Umarov bilan taklif qilingan kafolatlarni muhokama qilgan. Loyiha 20 noyabr kuni Prezident Vladimir Zelenskiyga yozma ravishda topshirilgan.

Umarovning o‘zi 21 noyabr kuni bildirishicha, u AQSH rejasiga baho bermagan, uning ishtiroki “texnik xarakterga ega” bo‘lgan.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa shu kuni Moskvaga Zelenskiyning tinchlik rejasi bo‘yicha muzokaralarga rozi bo‘lgani haqida axborot berilmaganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing