Tramp Ukraina uchun Patriot'ni qaysi davlat yetkazib berishini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Patriot havo mudofaa tizimlari uchun mo‘ljallangan raketalar Ukrainaga yetkazib berilishi allaqachon boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda u kecha, 15 iyul kuni Vashingtondan Pensilvaniyaga uchish oldidan Endryus harbiy aviabazasida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda so‘z ochdi.

“Ular allaqachon jo‘natilgan. Ular Germaniyadan yuborilmoqda, Germaniya esa o‘z zaxirasini keyin to‘ldiradi. Har qanday holatda ham AQSH to‘lovni oladi”, degan Tramp

Tramp kecha, 15 iyul Patriot tizimlari uchun raketalar “bir necha kun ichida” Ukrainaga yetib borishi hamda ularning soni 17 ta ekanligi haqida aytgandi. 

Joriy yilning 14 iyul kuni Tramp Oq uyda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda Rossiya va Ukraina o‘rtasida 50 kun ichida sulh bo‘lmasa, Rossiya va uning hamkorlariga qarshi 100 foizlik boj to‘lovlari ko‘rinishidagi sanksiyalar joriy qilish bilan tahdid qilgandi. Shuningdek, Tramp Yevropa davlatlari Ukrainaga yangi qurol yetkazib berish xarajatlarini qoplashi hamda qurollar Yevropadan o‘tib, Kiyevga borishini aytgandi.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSH Prezidenti Donald Trampning Rossiyadan olib kiriladigan tovarlarga 100 foizlik boj joriy qilish haqidagi tahdidini “jiddiy” deb baholagandi. Peskovning ta’kidlashicha, bu bayonotlar Kreml tomonidan tahlil qilinmoqda. Shuningdek, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bu borada shaxsan izoh berishi mumkinligi, ammo hozircha uning pozitsiyasini kutish lozimligini urg‘ulagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ukraina Patriot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing