Tramp va Zelenskiy AQSHda uchrashdi

Olam

image

Kecha, 28 dekabr kuni AQSHning Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida AQSH Prezidenti Donald Tramp va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

Tomonlar uchrashuvda AQSH tomonidan taklif etilgan tinchlik rejasini muhokama qildi. Muzokaralar boshlanishidan avval ikki yetakchi jurnalistlar uchun qisqa bayonot berdi. Zelenskiy AQSH tomoni bilan xavfsizlik kafolatlari, jumladan AQSH va Yevropa tomonidan beriladigan kafolatlar, urushning harbiy jihatlari, Ukrainani tiklash rejasi hamda tinchlik kelishuvini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich harakatlar rejasini muhokama qilish niyatida ekanini aytdi.

Donald Tramp ham Vladimir Putin, ham Vladimir Zelenskiy kelishuvga erishishni xohlayotganiga ishonishini bildirdi. AQSH Pezidenti xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuv tuzilishini ham ta’kidladi. 

Shundan so‘ng, ikki Prezident muzokaralarni yopiq eshiklar ortida davom ettirish uchun zalni tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv oldidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy Florida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing