Tramp yana 5 mlrd dollarlik yordamni qisqartirmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati xorijiy yordamni yana 5 milliard dollarga qisqartirmoqchi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi

Tramp ma’muriyati tomonidan ajratilishi to‘xtatilgan pullar turli dasturlarga yo‘naltirilishi kerak edi. Jumladan, 1,5 million dollar ukrainalik ayollarni qo‘llab-quvvatlashga, 24,6 million dollar Markaziy Amerikadagi Gonduras davlatida yuz berayotgan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga, 2,7 million dollar esa Janubiy Afrikaning Demokratiyani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. 

Qisqartirishlar inobatga olingan holda 3,2 milliard dollar AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi tomonidan (USAID) qoplanadi, qolgan qismi esa Davlat departamentiga qarashli boshqa fondlardan olinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Oq uy BMTning tinchlikparvarlik missiyalari uchun ajratilgan 838 million dollarni ham qaytarib olmoqchi. Bu mablag‘lar Urugvay tinchlikparvar kuchlari, Zambiyada o‘quv markazi barpo etish va yana boshqa loyihalar uchun ajratilgan edi.

Qayd etish joiz, AQSH Davlat departamenti joriy yilning 1 iyul kunidan boshlab USAID’ni rasmiy ravishda yopdi. AQSH Davlat kotibi Marko Rubioga ko‘ra, bu qaror agentlik faoliyatining samarasizligi bilan izohlanmoqda.

Umuman olganda, Tramp yangi muddatga kelganidan buyon USAID’ni tinch qo‘ygani yo‘q. U prezidentlik lavozimiga kirishgan kunning o‘zidayoq USAID orqali xorijiy mamlakatlarga ko‘rsatilayotgan yordamni 90 kun muddatga muzlatib qo‘ydi. 

Tashkilot faoliyat tugatilgandan so‘ng, AQSH Davlat departamenti muammoni hal qilishga va’da berganiga qaramay, Amerika gumanitar yordamining zaxiralari omborlarda chirib ketdi. Tashkilotning AQSH va dunyodagi barcha omborlarida 60 ming tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari yig‘ilib qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp USAID xorijiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing