Tramp Jeyk Pol va Habib o‘rtasidagi jangni ko‘rmoqchi
Sport
−
14 mart 6210 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp bloger Jeyk Pol va sobiq mag‘lubiyatsiz UFC yengil vazn toifasidagi chempion Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi jangni ko‘rishni istashini bildirdi. Bu haqda Prezident Jeyk Pol bilan uchrashuv davomida ma’lum qildi.
Pol Tramp bilan suhbat davomida o‘zini aralash jang san’ati (MMA) maydonida sinab ko‘rishga tayyor ekanligini aytgan va Prezidentdan kimni raqib sifatida ko‘rishni xohlashini so‘ragan.
Tramp esa bunga javoban Habib deya javob bergan. Shundan so‘ng Pol bu jangga tayyorligini ma’lum qilgan.
29 yoshli Pol professional boksda 12 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyatga ega. U sobiq jahon chempioni Mayk Tayson, shuningdek sobiq UFC jangchilari Anderson Silva, Neyt Dias, Tayron Vudli, Ben Askren va Mayk Perrini mag‘lub etgan. Shu bilan birga, u 2023 yil fevral oyida Tommi Fyuriga va 2025 yil dekabr oyida Entoni Joshuaga yutqizgan.
Habib Nurmagomedov 37 yoshda. U 2020 yil oktyabr oyida amerikalik Jastin Getji ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng nafaqaga chiqqan. Habib nafaqaga mag‘lubiyatsiz chiqdi – 29 ta g‘alaba va 3 ta UFC chempionlik unvonini himoya qilgan. Keyinchalik Nurmagomedov murabbiylik faoliyatini boshlagan.
Live
Barchasi