Trampning odami Mustaqillikni Mirziyoyev bilan nishonlash uchun Toshkentga keldi

Olam

image

AQSHning Global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli bugun, 28 avgust kuni O‘zbekistonga keldi. U mamlakat Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muloqot qildi. 

“Zampolli janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida yanada mustahkam ko‘priklar qurish – ta’lim va madaniyatdan tortib, innovatsiya va biznesgacha fikr almashdik. Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish uchun katta, hali to‘liq ishga solinmagan salohiyat mavjud. 

Muloqotlarimiz davomida mintaqaviy va global ahamiyatga ega bir qator masalalarga ham to‘xtaldik – yanada farovon kelajak uchun hamkorlikda ishlash bo‘yicha umumiy qarashlarimizni bildirdik”, deydi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

Ma’lumot  uchun, maxsus vakil Zampolli Prezident Trampning Amerikaning global hamkorligini mustahkamlash borasidagi dadil g‘oyalarini ilgari surmoqda. Uning vazifasi aniq – Amerika yutuqlarini targ‘ib qilish, Qo‘shma Shtatlarni dunyodagi eng buyuk davlatga aylantirgan qadriyatlarni olg‘a surish hamda AQSH diplomatiyasining kuchi va salohiyatini qo‘llab-quvvatlaydigan mustahkam aloqalarni o‘rnatish. Maxsus vakil Zampolli Amerikaning tengsiz ijodkorligi, dunyoqarashi va yetakchiligini namoyish etish maqsadida O‘zbekistonning madaniyat arboblari va muassasalari bilan yangi aloqalar o‘rnatishni intiqlik bilan kutmoqda. 

Ushbu tarixiy tashrif davomida Maxsus vakil Zampolli Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birga O‘zbekistonning Mustaqillik kunini nishonlashi kutilmoqda. U shuningdek, AQSH elchisi Jonatan Xenik bilan birga Amerika Qo‘shma Shtatlari va Amerika qadriyatlarini o‘rganish uchun ajoyib yangi markaz bo‘lgan “American Corner Tashkent”ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.  Maxsus vakil Zampolli O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari bilan uchrashadi va O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasini 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyurishini qutlaydi. 

“Bu yil Toshkentda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Mustaqillik kuni tantanalarida Amerika Qo‘shma Shtatlaridan eng yuqori darajadagi vakil bo‘lishidan mamnunmiz. Maxsus vakil Zampollining tashrifi o‘zgarmas haqiqatni yana bir bor tasdiqlaydi: Qo‘shma Shtatlar o‘zaro hurmat, farovonlik va muvaffaqiyatli kelajakka sodiq bo‘lgan ishonchli hamkor sifatida O‘zbekistonga yelkadoshdir”, deydi Xenik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh Paolo Zampolli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing