Trampning odami Rossiya-Ukraina sulhiga kim to‘sqinlik qilayotganini aytdi
Olam
−
07 may 2025 21333 1 daqiqa
Ukrainaga Rossiya bilan ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatishning barcha shartlari yoqmayapti, ammo tomonlar kelishuv tuzishga yaqin. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Kit Kellogg “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Kelloggning ta’kidlashicha, Kiyev “yerda, suvda va osmonda” uzaytirilishi mumkin bo‘lgan keng qamrovli 30 kunlik sulhga rozi va bu rejimni bugunoq o‘rnatishni istaydi.
U, shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish rejasi joriy yilning 23 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tgan “ko‘ngillilar koalitsiyasi” yig‘ilishida muhokama qilinganini eslatgan.
“Ular ko‘plab shartlar bilan keng qamrovli sulhga tayyor. Va ukrainaliklar bunga rozi”, degan Kellogg.
Shuningdek, intervyu davomida Kellogg aniq natijaga faqat bir kishi – AQSH Prezidenti Donald Tramp erisha oladi deya ta’kidlagan.
“Menimcha, biz yaqinmiz. Natijaga erisha oladigan yagona inson – Prezident Tramp. Ehtimol, bizning to‘sig‘imiz Rossiya Prezidentidir, u rozi bo‘lmayapti”, degan Kellogg.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kit Kellogg AQSH Ukrainaga mojaroning tugatilishi bo‘yicha 22 ta aniq shartni taqdim etgani va Kiyev ularni qabul qilganini, Ukraina Rossiya tomonidan amalda nazorat qilinayotgan hududlardan voz kechishga tayyor ekani, biroq bu yuridik jihatdan tan olinmasligini aytgandi.
Live
Barchasi