Trampning yaqinlari urushdan shaxsiy boylik orttirgan – OAV
Olam
−
09 aprel 6489 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning yaqinlari Erondagi mojaro tufayli boyib ketgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Avstriyaning “Der Standard” gazetasi xabar berdi.
Joriy yilning 23 mart kuni ertalab to‘satdan yarim milliard dollarlik bitimlar tuzilgani nashr e’tiborin tortgan. Qayd etilishicha, ushbu bitimlarni amalga oshirgan tomon neft narxi tez orada tushishiga aniq ishongan. “Der Standard”ning e’tiborini tortgan jihati shundaki, oradan 15 daqiqa o‘tib Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida “samarali muzokaralar” haqida post qoldirgan. Shundan so‘ng neft narxi pasaygan va o‘sha “birja spekulyanti” katta foyda ko‘rgan.
Shuningdek, joriy yilning 28 fevral kuni Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning yo‘q qilinishidan ham kimdir yaxshigina daromad qilgan. “Der Standard” ma’lumotlariga ko‘ra, voqealar natijasiga pul tikish imkonini beruvchi “Polymarket” platformasidagi oltita akkaunt jami 1,2 million dollar foyda olgan. “Bubblemaps” tahliliy firmasining bildirishicha, ushbu akkauntlarga pul mablag‘lari Eronga berilgan aviazarbalardan atigi bir necha soat oldin o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 aprel kuni AQSH va Eron ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Neft narxi bu xabarga keskin pasayish bilan javob berdi – kotirovkalar bir lahzada 16 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi.
Live
Barchasi