To‘qayev O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
14:14 1352 1 daqiqa
Bugun, 11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev amaliy tashrif bilan mamlakatga keldi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kutib olgan.


Milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali kutib olish marosimi bo‘lgan. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilgan va faxriy qorovul saf tortgan. Harbiy orkestr ijrosida davlat madhiyalari yangragan.


Bugun yetakchilar ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish hamda boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti 2025 yilning noyabr oyida O‘zbekistonga kelib, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok etgandi.
Live
Barchasi