Tunnelda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak ushlandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Farhod bozori yaqinidagi tunnelda noma’lum erkak bir ayolga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgani haqida video tarqaldi va ushbu holat turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kecha, 6 yanvar kuni taxminan soat 18:50 larda noma’lum shaxs Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida 1996 yilda tug‘ilgan L.Q. ga nisbatan uyatsiz, buzuq harakat qilgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida erkakning shaxsi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u 1993 yilda tug‘ilgan V.Andrey bo‘lib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Hozirda Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Ushbu shaxsning nojo‘ya xatti-harakatlaridan jabr ko‘rganlardan 71-231-95-20 raqamiga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida qo‘shni ayolga Telegram messenjeri orqali turli xil uyatli gaplar yozib, unga shahvoniy shilqimlik qilgan 19 yoshli yigit 5 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Farhod bozori shahvoniy shilqimlik Tunnel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing