“Turish vaqti keldi”. Netanyaxu yana eronliklarni Oyatullohni ag‘darishga chaqirdi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron xalqiga videomurojaat yo‘llab, uning mamlakati eronliklarni dushman deb hisoblamasligini aytdi va ularni o‘z hukumatiga qarshi chiqishga chaqirdi. Bosh vazirning bu haqdagi murojaati YouTube kanalida e’lon qilindi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eronliklar o‘z hukumatining “zulmiga” qarshi chiqishi kerak. 

“Oyatulloh rejimi deyarli 50 yildan beri sizni zulm ostida ushlab kelmoqda va bizning mamlakatimiz – Isroil davlatini yo‘q qilish bilan tahdid qilmoqda. Isroilning harbiy amaliyotidagi maqsad – rejimdan kelayotgan yadroviy va raketa xavfini bartaraf etishdir. Biz maqsadimiz sari harakatlanar ekanmiz, sizlarga ham ozodlikka erishish yo‘lini ochib beryapmiz”, degan Bosh vazir. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron va Isroil xalqlari qadimdan, eramizdan avvalgi VI asrda hukmronlik qilgan Fors podshohi Kir II davridan beri do‘st bo‘lib kelgan.

“Bu – sizning ovozingiz eshitilishi uchun turish vaqti. Eron xalqi yovuz zolimlar rejimidan ozod bo‘lish uchun o‘z bayrog‘i va tarixiy merosi atrofida birlashish vaqti keldi”, deya qo‘shimcha qilgan u. 

Eronning “Haqiqiy va’da-3” operatsiyasi 

Kecha, 13 iyun kuni Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumlardan so‘ng, Eron Isroilga qarshi o‘z javob zarbalarini yo‘lladi. Eron harbiy kuchlari tomonidan Isroil hududiga qarata 200 dan ortiq dron va ballistik raketalar uchirilgan. Isroil Mudofaa kuchlari ushbu zarbalarni tasdiqlagan va havo mudofaa tizimlari zudlik bilan ishga tushirilgan. SAXAL rasmiy bayonotida aytilishicha, Isroil havo mudofaasi katta miqdordagi hujumchi dron va raketalarni tutib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 10 dan ortiq kishi jarohat olgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Mudofaa vazirligi dunyo mamlakatlaridan Eron hujumiga qarshi yordam so‘ragandi. Ko‘plab OAVlar Isroilning bu chiqishini qattiq qoralab, Falastin voqealarini esga olgan. Unga ko‘ra, Isroil Falastinda 100 minglab bolalarning o‘limiga sabab bo‘ldi, lekin bu “qotilligi”ni yashirishga harakat qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing