Turkiyada qidiruvdagi yana 3 o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Jinoyat sodir etgan va qidiruvda bo‘lgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada ushlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lga Shohista Rajapovna Mullayeva O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Shuningdek, soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan va bojxona qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidirilayotgan 2 nafar shaxs (X.Barotov va S.Xolov) ham qo‘lga olinib, O‘zbekiston tergov organlariga topshirilgan.

Ushbu shaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga murojaat qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan 2 kishi ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Turkiya o'zbekistonlik Shohista Rajapovna Mullaeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing