Turkiyada litseyga qurolli hujum uyushtirildi. Qurbon bor (video)
Olam
−
14 aprel 6049 2 daqiqa
Bugun, 14 aprel kuni Turkiyaning Shonliurfa viloyati Siverek tumanida joylashgan litseyda qurolli hujum sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sabah” xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Hasan Chalabiy mahallasida joylashgan Ahmad Koyunju kasb-hunar va texnik Anadolu litseyida yuz bergan. Hujum oqibatida 18 kishi jarohatlangan. Ularning orasida 12 nafar o‘quvchi, 2 nafar o‘qituvchi va 2 nafar fuqaro bor. Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.
Voqea joyiga tez yordam, politsiya va maxsus kuchlar yetib borgan. Ba’zi yaralangan o‘quvchilar hujumdan qochish uchun derazadan sakragani ham aytilmoqda. Xavfsizlik kuchlari tomonidan muassasadagi o‘quvchilarning katta qismi evakuatsiya qilingan.
“U 17–18 yoshlar atrofidagi bola edi. Asosiy eshikdan kirishi bilan qo‘lida uzun stvolli qurol bilan o‘q ota boshladi. Avval o‘ngga-chapga, keyin esa maktab ichiga qarata o‘q uzdi. Ichkariga kirib, oldidan chiqqan har kimga o‘q uzdi. Keyin hamma qichqirib, har tomonga qochishni boshladi”, deydi hodisa guvohlardan biri.
Shonliurfa viloyati hokimi Hasan Shildak ma’lumotiga ko‘ra, hujum uyushtirgan shaxs o‘lik holda topilgan.
“Bu shaxs litseyning sobiq o‘quvchisi bo‘lib, 9-sinfgacha o‘qigan. Keyinchalik ochiq ta’limga o‘tgan. U voqea sodir bo‘lganida litsey ichida politsiya tomonidan o‘rab olingan va u yerda o‘z joniga qasd qilgan”, deydi viloyat hokimi.
U maktab evakuatsiya qilinganini va hozirda vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini bildirgan. Shuningdek, hokim barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketish tilagini bildirgan hamda hodisaning barcha tafsilotlari bo‘yicha keng qamrovli tergov olib borilishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbul shahridagi Borsa kasb-hunar va texnika Anadolu litseyida o‘qituvchi Fotima Nur Chelik o‘z o‘quvchisi tomonidan pichoqlanib, o‘ldirilgandi.
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel