Turkiyada Netanyaxu hukumatiga 4596 yilgacha qamoq talab qilindi

Olam

image

Turkiyada prokurorlar genotsid va boshqa jinoyatlarda ayblanayotgan, sirtdan hibsga olingan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uchun umrbod qamoq jazosini talab qildi. Bu haqda “Hürriyet” gazetasi xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, prokuratura Istanbul sudiga ayblov xulosasini yuborib, unda umrbod qamoq jazosi hamda “35 nafar ayblanuvchi uchun 1102 yildan 4596 yilgacha bo‘lgan qamoq muddatlarini” talab qilgan. Ayblanuvchilar orasida Netanyaxu, Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats va yana bir necha vazirlar bor.

Jurnalistlarning qayd etishicha, ularning barchasi G‘azo sektorida insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid, ozodlikdan mahrum qilish, shafqatsiz muomala, zarar yetkazish va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Istanbul bosh prokuraturasi Netanyaxu va Isroilning 36 nafar yuqori martabali mulozimini G‘azo sektoridagi genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar ayblovi bilan hibsga olishga order berilganini e’lon qilgan edi. Istanbul advokatlar hay’ati raisi Yasin Shamli ariza topshirilgandan so‘ng Tel-Avivni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro kelishuvlarni buzishda ayblagan va “Isroilning terrorchilik tuzilmasi” butun insoniyat uchun xavfga aylanganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Bin'yamin Netan'yaxu Istanbul sudi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing