Turkiyalik mashhur xonanda qo‘lga olindi

Olam

image

Avvalroq, Turkiyaning Istanbul shahrida Bosh prokuraturaning narkotik va iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish byurosi tomonidan olib borilgan mashhurlarga qaratilgan tergov doirasida Edis Go‘rguluni hibsga olish buyrug‘i chiqarilgandi.

Qayd etilishicha, Edis qo‘lga olinganida Braziliyadagi ta’tildan qaytayotgan bo‘lgan va Istanbul Ichki ishlar boshqarmasining Narkotik jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlariga topshirilgan.

Tibbiy nazorat jarayonlari tugagach, Go‘rguluning guvohligi olingan va unga “imzo qo‘yish” shaklida (belgilangan vaqtlarda politsiya yoki sud idorasiga borib, imzo qo‘yadi va shu tariqa nazoratda tutiladi) sud nazorat chorasi qo‘llanib, ozod qilingan.

Edisdan ilk bayonot

35 yoshli xonanda Edis qo‘lga olinganidan so‘ng sud nazorati sharti bilan ozod qilingach, Instagram sahifasida ilk postini joylashtirgan. U uyida oilasi bilan tushgan suratini e’lon qilib, muxlislariga “Hammasi joyida, katta rahmat”, deya izoh qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Kontrabanda, narkotik va iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish byurosi tomonidan olib borilgan tergov doirasida 17 kishi hibsga olingandi. Ularning orasida bir nechta mashhur nomlar ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya xonanda narkotik Edis Go'rgulu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing