Turkmaniston Rossiyada ushlangan amaldorining ozodligi uchun pul yubordi
Olam
−
10 fevral 6521 2 daqiqa
Avvalroq, Turkmanistonning davlatga qarashli “Demirýollary” kompaniyasi bosh direktori Xidir Rahmonov va uning sevgilisi Rossiyada qo‘lga olingani xabar qilingan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Turkmaniston hukumati vakili va Rossiya Davlat dumasiga yaqin bo‘lgan advokat narkotik kontrabandasi bo‘yicha sudini kutayotgan Rahmonovni yashirincha qamoqdan chiqarib, Turkmanistonga qaytarishga urinmoqda. Bu haqda “TurkmenNews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, u 2025 yil 4 oktyabrda Domodedovo aeroportida sintetik psixoaktiv modda bilan ushlangan. Ashxabodda Moskva reysiga chiqish paytida Raxmanov va uning sherigi CIP-zal orqali o‘tgan. Uning buyumlarini tekshirmoqchi bo‘lganida Rahmanov norozilik bildirgan. Oxirida bojxona xodimlariga qo‘ng‘iroq kelib tushgach, uni tekshirmasdan o‘tkazib yuborishgan.
Xabarga ko‘ra, uni qamoqdan chiqarishda Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ishtirok etmoqda. Raxmanovni Rossiyada ozod qilish uchun advokat Roman Kuchin jalb qilingan. Aynan shu advokat bu ishda, ehtimol, “reshala” roli uchun jalb qilingan. Raxmanovning oilasi Kuchin orqali, u Moskva prokuraturasi va Rossiya Bosh prokuraturasida (1997–2006 yillarda ishlagan) hamda Rossiya Davlat dumasida katta aloqalarga ega ekanligi uchun ayblanuvchiga shartli jinoyat jazosi va vataniga deportatsiya qilinishiga erishishni umid qilmoqda.
Ammo Rossiya Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi – giyohvand moddalar, psixotrop moddalar kontrabandasi – shartli jazoni nazarda tutmaydi. Bundan tashqari, Raxmanovga qo‘yilgan moddaning uchinchi qismi katta miqdorda kontrabanda qilishni nazarda tutadi, shu modda bo‘yicha unga 10-20 yil qamoq va 1 million rublgacha jarima (taqriban 12,9 ming dollar) xavfi bor.
Manbalarning aytishicha, bu masalani norasmiy yo‘l bilan hal qilish uchun Ashxaboddan diplomatik pochta orqali 3 million AQSH dollari yuborilgan. “Reshala”ni izlash bilan “Turkmenistan.ru” nashri bosh muharriri Mixail Pereplesnin va Rossiyadagi Turkmaniston elchisi Esen Aydogdiyev shug‘ullangan. Bu masalani shaxsan Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov nazorat qilmoqda. Manbalar Raxmanovni Meredovning “hamyonlaridan” biri deb ham atashmoqda.
Advokat Roman Kuchin “uni shartli muddat va deportatsiya uchun jalb qilishgan” degan iddaolarni “haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” deb rad qilgan va boshqa izoh bermasligini bildirgan. Xidir Rahmonovning akasi Arkach Rahmonov – Turkmaniston Prezidentining qo‘riqlash xizmati ofitseri – ham ukasi haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 4 dekabrda Xidir Rahmonovning tergovdan oldingi qamoq muddati yana ikki oyga uzaytirilgan. U 2025 yil 6 oktyabrdan Rossiyadagi qamoqda saqlanmoqda. Sud uni kontrabanda ishi bo‘yicha tergov davrida ushlab turish uchun qamoqqa olgan.
Eslatib o‘tamiz, Xidir Rahmonov va uning sevgilisi qo‘lga olingach, tergov izolyatoriga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.
E’zoza Olimova
Live
Barchasi