U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston KXDRni ayab o‘tirmadi
Sport
−
18 aprel 9267 1 daqiqa
Kecha, 17 aprel kuni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim finalida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Shimoliy Koreyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi.
Endilikda Islom Ismoilov qo‘l ostidagi jamoa finalda musobaqa mezbonlari Saudiya Arabistoni o‘smirlariga qarshi maydonga tushadi. Final o‘yini 20 aprel kuni o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, bu ikki raqib guruh bosqichida ham to‘qnash kelgan va unda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Live
Barchasi